
Pekin Markaziy Osiyolik muhojirlar o‘rniga xitoylik ishchilarni taklif etmoqda
Xitoy Rossiyaga o‘z mamlakatidan mehnat muhojirlarini taqdim etishni taklif qildi, ularni O‘rta Osiyodan kelgan ishchilarga qaraganda samaraliroq deb hisoblamoqda. Manbalarga ko‘ra, bu masala ikki davlat rahbarlari — Si Szinpin va Vladimir Putin uchrashuvida muhokama qilingan.
Tashabbusning amaliy jihatlari hozirda tegishli vazirliklar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Xitoy tomoni o‘z taklifini xitoylik muhojirlar “nizosiz, mehnatsevar va munosib” ekanligi bilan asoslamoqda. Bundan tashqari, Xitoy 5,1 foizni tashkil etuvchi ichki ishsizlik muammosini hal qilishdan manfaatdor. Bu millionlab xitoylik fuqarolar chet elda ishlashga tayyor bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Manbalarga ko‘ra, bunday tashabbus Rossiyadagi mehnat bozori tuzilishini o‘zgartirishi va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashi mumkin. Biroq, bu masala bo‘yicha yakuniy qarorlar hali qabul qilinmagan.