
Toshkentdagi suv toshqini: 1930-yil 1-yanvardagi fojia
1930-yil 1-yanvarda Toshkentda yuz bergan keng ko‘lamli falokat shahar tarixidagi eng yirik suv toshqinlaridan biri sifatida xotiralarda saqlanib qoldi. Anhor va Kalkauz kanallarining yorilishi natijasida Eski shahar ertalab soat 7 dan kechqurun 9 gacha suv ostida qoldi.
Suv toshqiniga o‘sha paytda Chirchiq-Bo‘zsuv GES kaskadida ishlab turgan yagona Bo‘zsuv gidroelektr stansiyasidagi suvning notekis taqsimlanishi sabab bo‘lgan. Yangi yil kechasida o‘z ish o‘rnini tashlab ketgan navbatchi texnikning e’tiborsizligi ham qo‘shimcha omil bo‘ldi.
Falokat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida GES faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Voqea joyiga harbiy qismlar, militsiya xodimlari, partiya a’zolari, komsomollar va shahar aholisi safarbar etildi. Tezkor chora-tadbirlar ko‘rilishiga qaramasdan, 501 kishi jabr ko‘rdi va elektr ta’minoti uzilgan korxonalarning to‘xtab qolishini hisobga olmaganda, zarar 117 100 rublni tashkil etdi.