Germaniya avtomobil kompaniyalari so‘nggi chorakda rekord darajadagi zararlar haqida ma’lum qilmoqda
27 ноябрь

Germaniya avtomobil kompaniyalari so‘nggi chorakda rekord darajadagi zararlar haqida ma’lum qilmoqda

Joriy yilning oxirgi choragida nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari foyda sezilarli darajada pasayganini qayd etdilar.

Volkswagen foydaning 64 foizga, Audi 91 foizga, BMW 84 foizga, Mercedes-Benz esa 54 foizga kamayganini e’lon qildi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning yomonlashuviga asosiy sabablar yangi texnologiyalarni faol joriy etayotgan va qulay takliflar bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilayotgan Xitoy bozorining kuchli raqobati, shuningdek, avtomobillarga bo‘lgan talabning pasayishi hamda ishlab chiqarish zanjirlaridagi muammolar bo‘ldi. BMW uchun tormoz tizimidagi nuqsonlar tufayli 1,5 million avtomobilni majburiy ravishda qaytarib olish og‘ir zarba bo‘ldi, bu ham kompaniya foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.