
Meteorologlar 23-25 mart kunlari O‘zbekistonda keskin sovuq bo‘lishini ma’lum qildi
O‘zgidromet 23-25 mart kunlari O‘zbekistonda ob-havoning keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirmoqda. Nam va salqin havo oqimi kirib kelishi kutilayotgani aytildi.
Mamlakatning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik va chaqmoq bo‘lishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda yog‘in qorga aylanishi mumkin.
23-24 mart kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +12...+17 darajagacha pasayadi.