
BRIKS sammiti 2025-yil iyulda o‘tkaziladi
2025-yil 6-7-iyul kunlari Rio-de-Janeyroda Braziliya raisligida BRIKS sammiti bo‘lib o‘tadi. Asosiy mavzulardan biri hamkor davlatlar, jumladan, 2024-yilda Rossiya raisligi davrida bu maqomga erishgan O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish masalasi bo‘ladi.
O‘zbekiston BRIKSni BMTning markaziy o‘rni saqlanib qolgan holda yanada adolatli jahon tartibotini shakllantirish uchun asos bo‘la oladigan nufuzli va harakatchan birlashma sifatida ko‘rmoqda. BRIKS mamlakatlarining aksariyati respublikaning an’anaviy hamkorlari hisoblanadi va BRIKSning ulkan bozori hamda salohiyatini inobatga olgan holda, birlashma a’zolari bilan aloqalarni har tomonlama kengaytirish o‘zbek xalqi farovonligini ta’minlashda ijobiy ahamiyat kasb etadi.
2025-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda bilan bir qatorda BRIKSning ilk hamkorlaridan biriga aylandi. “Hamkor mamlakatlar” toifasining joriy etilishi Qozonda bo‘lib o‘tgan sammitda kelishib olingan BRIKSning yangi rivojlanish formulasining bir qismi bo‘ldi.
Dastlab 2006-yilda tashkil etilgan BRIKS guruhi 2024-yilda Misr, Eron, BAA va Efiopiyani to‘laqonli a’zolar sifatida o‘z safiga qo‘shib kengaydi, keyinchalik esa Indoneziya ham unga qo‘shildi.