Toshkentda dunyoga mashhur “Elysée” kvarteti konsert beradi
Klassik kamera musiqasi ixlosmandlari dunyoga mashhur “Elysée” kvarteti ijrosida Raxmaninov, Lyatoshinskiy va Debyussi asarlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan birgalikda klassik kamer musiqasi ixlosmandlari uchun “Elysée” kvarteti konsertini tashkil etmoqda.
Kvartet 1995-yildan beri Vadim Chijik va Pablo Shatsmanning skripka, Emmanuel Xaritikning alto va Igor Kirichenkoning violonchel tarkibida ijro etib kelmoqda.
Élysée kvarteti Angliya, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Sloveniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Isroil, Yaponiya, Xitoy, Kanada, Nikaragua va Rossiyada chiqish qilgan.
O‘zining professionalligi va musiqani talqin qilishdagi yangiligi bilan mashhur bo‘lgan musiqachilar Parijdagi Shatle va Korto teatrida, Tokiodagi Kioy-xollda va Moskvadagi Chaykovskiy zalida o‘ynashdi.
Toshkent aholisi va mehmonlari 17-oktyabr, payshanba kuni soat 19.00 da davlat konservatoriyasi zalida qiziqarli konsertni tinglashlari mumkin.