Toshkentda 200 nafar delegat, jumladan, Nobel mukofoti sovrindori Markaziy Osiyo universitetlarining kelajagini muhokama qiladi
12 октябрь

Toshkentda 200 nafar delegat, jumladan, Nobel mukofoti sovrindori Markaziy Osiyo universitetlarining kelajagini muhokama qiladi

Birinchi Markaziy Osiyo universitetlar forumi 16-16 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyo va uzoq xorijdan kelgan 200 dan ortiq delegatlar mintaqadagi oliy ta’lim va oliy ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

Kun tartibidan yosh universitetlarning nufuzli muassasa sifatidagi maqomini mustahkamlash va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish o‘rin olgan. Zamonaviy ta’lim muassasalari uchun hamkorlikning yangi modellarini ishlab chiqishga ham e’tibor qaratiladi.

Forum ishtirokchilari orasida iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol ham bor.