
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Fransiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parijga tashrif buyurdi.
“Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiyaning milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon hamda faxriy qorovul kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Fransiya davlat bayroqlari ko‘tarildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining qarorgohi oldida Prezident Mirziyoyevni Fransiyada tahsil olayotgan, ishlayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib olishdi. Prezidentimiz ular bilan samimiy suhbatlashib, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga rejalashtirilgan.
Tashrif dasturida Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti YUNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.