
O‘zbekiston Prezidenti "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Qozonda Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofotni Tatariston Raisi Rustam Minnixanov topshirdi. O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlagani uchun taqdirlandi.
Mukofot uchun minnatdorlik bildirib, Mirziyoyev so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli natijalarini qayd etdi va Tatariston xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.