Tramp bojxona to‘lovlari global savdo tizimiga tahdid solmoqda
28 ноябрь

Tramp bojxona to‘lovlari global savdo tizimiga tahdid solmoqda

Donald Trampning qo‘shni mamlakatlar va Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga yangi bojxona to‘lovlari joriy etish to‘g‘risidagi qarori jahon savdosi va AQSH iqtisodiyotiga ta’siri borasida jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

E’lon qilinishicha, Kanada va Meksikadan keltirilayotgan mahsulotlarga 25 foizli, Xitoydan keltirilayotgan mahsulotlarga esa 10 foizli bojxona to‘lovi belgilanadi. Trampning aytishicha, bu choralar noqonuniy migratsiya va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashga qaratilgan bo‘lib, ushbu muammolar hal etilguniga qadar amal qiladi.

Iqtisodchilar va tadbirkorlik vakillari allaqachon bu qarorning halokat oqibatlari haqida ogohlantirmoqda. AQSH avtomobilsozlik sanoati jiddiy zarar ko‘rishi mumkin, chunki ishlab chiqarish zanjiri Shimoliy Amerika mamlakatlari o‘rtasida xomashyo va butlovchi qismlarning harakatlanishiga bog‘liq. Har bir chegara kesib o‘tishda bojxona to‘lovlarining joriy etilishi mahsulot tannarxini oshiradi, bu esa iste’molchilar uchun narxlarga ta’sir qiladi va ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi.

Bundan tashqari, zarar ko‘rgan mamlakatlar tomonidan javob choralari ko‘rilishi ehtimoli yuqori. Bu savdo nizolarini keskinlashtirib, AQShni xalqaro maydonda yanada yakkalanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, bunday qadamlar Xitoy uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, u Amerika mahsulotlariga muqobil taklif qilib, xalqaro savdodagi o‘z mavqeini mustahkamlashi mumkin.