Samarqanddagi ehromlar: qadimiylik jumbog‘i
10 декабрь

Samarqanddagi ehromlar: qadimiylik jumbog‘i

Samarqand zamini har doim ko‘plab sirlarni yashirib kelgan. Ulardan biri bu mintaqadagi tog‘larda ko‘rish mumkin bo‘lgan piramidasimon ko‘tarilmalar jumbog‘i hisoblanadi. Bunday inshootlar haqida dastlabki ma’lumotlar Rossiya Geografiya jamiyati a’zosi I.Ye. Kolsov tomonidan keltirilgan. Uning ma’lum qilishicha, Samarqandda balandligi 30 metrga yaqin cho‘ziq shakldagi piramidalar mavjud bo‘lib, ularning burchaklarida to‘rtta minora joylashgan va xom g‘ishtdan qurilgan.

Ushbu piramidalar haqidagi yana bir shov-shuvli xabar 2003-yilda paydo bo‘ldi, o‘shanda rus va o‘zbek arxeologlari O‘zbekiston janubidagi tog‘li hududlarda eng qadimgi piramidalarni birgalikda kashf etganliklarini ma’lum qilishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu piramidalar ba’zi farqlarga ega bo‘lsa-da, Misrdagi Giza platosi bilan taqqoslangan. G‘izadagi pog‘onali piramidalardan farqli o‘laroq, Samarqanddagi piramidalar absolyut tekis yuzaga ega bo‘lgan. Yodgorliklar O‘zbekistonning ikki viloyati - Samarqand va Qashqadaryoda topilgan.