BAA da nikoh qurmoqchi bo‘lganlar uchun genetik tekshiruv majburiy bo‘ldi
2025-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) nikoh qurishni rejalashtirgan barcha juftliklar uchun majburiy genetik tekshiruv dasturi kuchga kirdi. Bu tashabbus nikohdan oldingi skrining davlat dasturining bir qismi hisoblanadi.
Majburiy tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror BAA hukumatining yillik yig‘ilishida tasdiqlangan Amirliklar Genom kengashining ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilindi.
Yangi talablarning joriy etilishining asosiy sababi mintaqada genetik kasalliklarning keng tarqalganligi bo‘lib, bu aholi orasidagi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning 39 foizi bilan bog‘liq.
Tekshiruv 840 dan ortiq kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan 570 ta genni qamrab oladi. Bu juftliklarga kelajakdagi oilasining salomatligi uchun ehtimoliy xavflar haqida aniq ma’lumot olish va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.