
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi hamkorlik va muammolarni muhokama qildi
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarining ijobiy rivojlanishi 12 mart kuni Bishkekda Rossiya TIV o‘rinbosari Mixail Galuzin raisligida o‘tkazilgan Rossiyaning mintaqa mamlakatlari, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Turkiyadagi elchilari yig‘ilishida qayd etildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi vaziyatni, jumladan zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarni, qo‘shni davlatlar va mintaqadan tashqari kuchlarning ta’sirini batafsil tahlil qildilar. Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan mintaqaviy va xalqaro maydonda, avvalo MDH, YEOII, KXSHT va SHHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb vazifalari ko‘rib chiqildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga intilishini tasdiqladi. Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikning barqaror jadalligiga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama yakunida kelajakka yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Kun tartibiga Rossiyaning xorijdagi muassasalari faoliyati, jumladan, kadrlar va moddiy-texnik ta’minoti masalalari ham kiritildi.