Xivada Qovun Festivali bo‘lib o‘tadi
8 июль

Xivada Qovun Festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 9-11 avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida "Qovunsayli" festivali tashkil etiladi. Tadbir “mamlakatimiz turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, xususan, xorijiy va mahalliy turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida” o‘tkaziladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, festival doirasida mamlakatimizning agroturistik salohiyatini namoyish etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, konsert dasturlari, tasviriy san’at asarlari namoyishi, qo‘l san’ati buyumlari ko‘rgazmasi, xalq o‘yinlari va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Viloyat hokimligi “Qovun sayli” festivalining “Polizchilikda eng yuqori daromad va mahsuldorlikka erishganlik uchun”, “Xorazmning qadimiy an’anaviy qovun navlarini qayta tiklaganlik uchun”, “Polizchilikda innovatsion texnologiyalarni joriy etganlik uchun” hamda “Eng ko‘p qovun turlari yetishtiriladigan hudud” nominatsiyalarida g‘oliblar va sovrindorlarga diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshiradi.

“Karavan-Info”