
O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda ko‘tarildi
Henley & Partners investitsiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda o‘z pozitsiyasini yaxshiladi.
Henley & Partnersning dolzarb global pasport indeksida O‘zbekiston bir pog‘ona ko‘tarilib, 79-o‘rinni egalladi. UPL.UZ nashrining ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklar 64 ta davlatga vizasiz kirish yoki kelganda vizani rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Reytingda shunga o‘xshash pozitsiyalarni Mongoliya, Kuba va Mozambik egallaydi.
Reytingda yetakchilikni Singapur saqlab qolmoqda, uning pasporti 195 ta davlatga vizasiz kirish imkonini beradi. Reytingning oxirgi pog‘onasini esa Afg‘oniston egallaydi, uning fuqarolari atigi 28 ta davlatga vizasiz borishi mumkin.
“Karavan-Info”