
O'zbekiston, Qirg'iziston va Xitoy temir yo'l qurilmoqda
O’zbekiston Xitoy — Qirg’iziston — O’zbekiston temir yo’lini qurish bo’yicha qo’shma loyiha kompaniyasiga 255 million dollar kiritadi. Tegishli ma’lumot O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik milliy ma’lumotlar bazasi saytida e’lon qilingan.
Loyihaning umumiy qiymati dastlab 4,7 milliard dollar deb baholanmoqda, uning yarmisini ishtirokchi mamlakatlar taqdim etadi. Bundan tashqari, Sk News yozishicha, Xitoy tomoni 2,35 milliard dollarlik notijorat kredit ajratadi.
Temir yo’l ikkita qismdan iborat bo’ladi — Xitoy chegarasidan Makmal stantsiyasigacha va keyin Jalol-Obodgacha. 2035 yilga kelib, tarmoq bo’ylab yillik yuk tashish hajmi 5 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda, shundan sal ko’proq yarmi tranzitga to’g’ri keladi.
“Karavan-Info”