Toshkentda "TransLogistica Uzbekistan 2024" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompaniyasida “Transport va logistika — TransLogistica Uzbekistan 2024” 20-yubiley ko‘rgazmasi ochildi.
Ushbu ko‘rgazmada transport sohasining yetakchi kompaniyalari yig‘ilgan bo‘lib, ular o‘zlarining so‘nggi yutuqlari, innovatsiyalari va logistika operatsiyalarini soddalashtirish bo‘yicha yechimlarini taqdim etadilar. Shuningdek, bu yerda logistika sohasidagi ishlarni avtomatlashtirishga yordam beradigan raqamli va IT-texnologiyalar namoyish etiladi.
Ochilish marosimida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirok etdi. Ko‘rgazma dunyoning 14 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniya vakillarini jalb qilib, yana bir bor transport sohasida tajriba va takliflar almashish uchun qulay xalqaro maydonga aylandi. Ko‘rgazma doirasida temir yo‘l, dengiz, aviatsiya va tijorat transporti, shuningdek, transport-logistika xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar taqdim etildi.