Yevropada rekord darajada sovuq qish va energetika inqirozi kutilmoqda
Yevropaga minimal quyoshli kunlar va shamolsiz bo‘lgan rekord darajadagi sovuq qish yaqinlashmoqda, bu esa yashil energiya manbalaridan foydalanishni xavf ostiga qo‘ymoqda. Bunday sharoitda elektr energiyasini gaz yordamida ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi, biroq vaziyat Ukraina orqali gaz tranzitining to‘xtatilishi va "Shimoliy oqimlar‘ga zarar yetkazilishi bilan yanada murakkablashmoqda.
Yevropa Ittifoqida gaz narxi allaqachon yillik maksimumga yetdi va narxlarning o‘sishi davom etishi kutilmoqda. Yevropa energetika tarmog‘ini muvozanatlashda muhim rol o‘ynaydigan Ukraina hududidagi gaz omborlarining shikastlanish ehtimoli qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda.