Xitoy AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga mahsulot yetkazib berishni chekladi
3 январь

Xitoy AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga mahsulot yetkazib berishni chekladi

Xitoy AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga ikki maqsadli mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha savdo cheklovlarini joriy etdi.

Sanksiyalarga uchragan korporatsiyalar orasida General Dynamics, Boeing Defence, Space & Security, Lockheed Martin Corporation va Raytheon Missiles & Defence kompaniyalari bor.

Bu choralar Xitoyning, Pekin fikricha, milliy xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan kompaniyalar harakatlariga javobi bo‘ldi. Cheklovlar ham fuqarolik, ham harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatadi.