Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya deligatsiyasini qabul qildi
9 июль

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya deligatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy portalida qayd etilishicha, «bu yetakchi moliya institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va Yaponiya kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi».

Taʼkidlanishicha, 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga oliy darajadagi tashrif ikki tomonlama munosabatlarni yangi sifat bosqichiga koʻtargan va amaliy mazmun bilan boyitgan.

Oʻzbekiston iqtisodiyotiga oʻzaro savdo hajmi va Yaponiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari oshib bormoqda, yangi qoʻshma korxonalar tashkil etilmoqda.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan uch yillik Hamkorlik dasturini va Sojitz Corporation bilan Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologiyali tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

«Karavan-Info»