Toqayev Rossiyani “yengilmas” deb atadi va Ukrainadagi mojaroda G‘arbning rolini baholadi
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayev geosiyosiy vaziyat haqida fikr bildirib, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.
“Putin tajribali davlat arbobi bo‘lib, Qozog‘istonning o‘ziga xos xususiyatlarini va Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti sifatida mamlakatimizning ahamiyatini yaxshi anglaydi. Shu bois Rossiya Qozog‘iston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha eng faol ish olib bormoqda,” deya ta’kidladi Toqayev.
U, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Ostonaga qilgan tashrifini yuqori baholadi. Uning aytishicha, rahbarlar norasmiy vaziyatda to‘rt soatlik suhbat o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalarini muhokama qilishgan.
Ukrainadagi mojaroni sharhlayotib, Toqayev shunday dedi: “Vaziyat o‘ziga xos: Rossiya harbiy jihatdan yengilmas, Ukraina esa G‘arb ittifoqchilari yordamida urushda bardosh berishga, hech bo‘lmaganda, mag‘lub bo‘lmaslikka umid qilmoqda.”