Uyqu yetishmasligi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 50 foizga oshiradi
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga olti soatdan kam uxlaydigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi 50 foizga yuqori ekanligi aniqlandi.
Uyquning yetarli bo‘lmasligi yurak salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qon bosimining oshishi va boshqa yurak muammolari ehtimolini ko‘paytiradi. Shifokorlar surunkali uyqu tanqisligi salomatlik uchun jiddiy xavf omili bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Mutaxassislar yurak salomatligini saqlash va jiddiy kasalliklar ehtimolini kamaytirish uchun tungi dam olishga yetarlicha vaqt ajratishni maslahat berishmoqda. Katta yoshli inson uchun maqbul uyqu davomiyligi bir kecha-kunduzda 7-9 soatni tashkil etadi.