Anjelina Joli va Bred Pitt sakkiz yillik ajralish jarayonini yakunladi
30-dekabr kuni Anjelina Joli va Bred Pitt sakkiz yildan ortiq davom etgan ajralish jarayonini rasman tugatdi. Joli va ularning farzandlari ilgari er-xotin o‘rtasida taqsimlangan barcha mol-mulkdan voz kechdi.
Ajralish jarayoni 2016-yil sentyabrda, Joli 11 yillik turmushdan so‘ng ariza berganidan keyin boshlangan edi. U bunga zo‘ravonlik holatlari sabab bo‘lganini aytgan: uning so‘zlariga ko‘ra, Pitt ularning farzandlaridan birini bo‘g‘ishga uringan, boshqasining yuziga urgan va Jolining o‘zini devorga itarib yuborgan.
2017-yilda aktyorlar ajralish jarayonining sir saqlanishi to‘g‘risida kelishuv imzoladilar. Biroq, o‘tgan yillar davomida ular olti farzandning vasiyligini olish uchun bir necha bor sudlashgan va mol-mulkni bo‘lishgan.
Endi, sakkiz yildan so‘ng, ularning shov-shuvli ajralishi rasman yakuniga yetdi.