Bayden Rossiya neft eksportiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi
11 декабрь

Bayden Rossiya neft eksportiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqin kunlarda Rossiya neft eksportiga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, sanksiyalar bosimini kuchaytirish to‘g‘risidagi qaror uzoq vaqt kechiktirilgan. Bunga sabab, ayniqsa AQSHdagi bo‘lajak prezidentlik saylovlari oldidan, energiya narxlarining keskin ko‘tarilishidan xavotirlanish bo‘lgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi cheklovlar ilgari Eron neft eksportiga nisbatan joriy qilingan cheklovlarga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bu esa sanksiyalar nafaqat Rossiya kompaniyalariga, balki Rossiyadan energiya manbalarini xarid qiluvchilarga ham ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.

Cheklovlar kiritilishi neft narxining oshishiga olib kelishi kutilmoqda, chunki Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlar Rossiya neftining asosiy xaridorlari bo‘lib qolmoqda.