Tramp Rossiya aktivlarini muzdan tushirishi va Ukrainaga yordamni qisqartirishi mumkin
11 декабрь

Tramp Rossiya aktivlarini muzdan tushirishi va Ukrainaga yordamni qisqartirishi mumkin

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya Markaziy bankining aktivlari muzlatilishiga olib kelgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, bunday qadam amaldagi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Ukrainaga berilgan kredit shartlarini o‘zgartirish niyati bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli bor.

Bundan tashqari, Trampning 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyasidan so‘ng Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordam hajmi sezilarli darajada kamayishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.