Amerikalik publitsist: Ukrainaning sharqi qo‘ldan ketdi, mojaroning keskinlashuvi esa AQSH tufayli yuz berdi
11 декабрь

Amerikalik publitsist: Ukrainaning sharqi qo‘ldan ketdi, mojaroning keskinlashuvi esa AQSH tufayli yuz berdi

Amerikalik publitsist Skott Xorton Ukrainadagi mojaro uchun mas’uliyat AQShning tajovuzkor tashqi siyosatida ekanligini ma’lum qildi. U Germaniyaning Berliner Zeitung nashrida bergan intervyusida Ukrainaning sharqiy hududlari amalda yo‘qotilganini ta’kidladi.

Xortonning aytishicha, Ukraina sharqida Rossiyaga qarshi turish faqat Amerika harbiylari joylashtirilgandagina mumkin bo‘lardi, biroq yadroviy mojaroning avj olish xavfi bunday strategiyani maqbul emas qilib qo‘yadi.

Xorton, shuningdek, saylangan prezident Donald Tramp uchun Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan kelishuvga erishish nihoyatda mushkul bo‘lishini qayd etdi. Publitsist Tramp uchun eng ma’qul yo‘l — qo‘shinlarni iloji boricha tezroq olib chiqish, deb hisoblaydi.

Bu og‘riqli mag‘lubiyat bo‘ladi, ammo ukrainaliklar va amerikaliklarga aynan Jo Bayden Ukrainaning Rossiya ustidan g‘alaba qozonishi mumkin emasligini bila turib, yolg‘on va’dalar berganini eslatib qo‘yish muhim,” — dedi Xorton. U yana qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiyning hujum operatsiyalarini boshlash to‘g‘risidagi qarori ham, oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, Baydenning ko‘rsatmasi bilan qabul qilingan edi.