Avstraliyada yuzlab xavfli virus namunalari yo‘qoldi: tergov boshlandi
11 декабрь

Avstraliyada yuzlab xavfli virus namunalari yo‘qoldi: tergov boshlandi

Kvinslend (Avstraliya) laboratoriyasida biologik xavfsizlikning jiddiy buzilishi aniqlandi — yuqumli viruslar solingan 323 ta flakon yo‘qolgan, deb xabar bermoqda Fox News.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qolgan namunalar orasida Xendra, lissavirus va xantavirus viruslari bor. Yo‘qolish holati 2023-yilning avgustida aniqlangan bo‘lsa-da, bu haqda rasman faqat vazirlik tergov boshlanganini e’lon qilganidan keyin ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi buni “qabul qilib bo‘lmaydigan xato” deb baholadi. Flakonlar o‘g‘irlanganmi, yo‘qolganmi yoki yo‘q qilinganmi, hozircha noma’lum. Asosiy taxmin — tashish qoidalarining buzilishi.

Tergov davom etmoqda va hokimiyat vakillari jamoat xavfsizligiga bo‘lgan ehtimoliy tahdidning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishini ta’kidladi.