
Slovakiyalik deputat: BRIKS - jahon iqtisodiyotining kelajagi
Slovakiyalik siyosatchi va Yevroparlement deputati Lyubosh Blaga BRIKS ittifoqini jahon iqtisodiyoti kelajagidagi hal qiluvchi o‘yinchi deb atadi.
Blaga Rossiyaga tashrifi davomida BRIKS bilan hamkorlikning muhimligini ta’kidlab: “Biz sizning yutuqlaringizni e’tiborsiz qoldirishimiz va hamkorlik imkoniyatlarini boy berishimiz mumkin emas,” dedi.
Uning aytishicha, BRIKSning global iqtisodiyotda AQSH dollarining hukmronligiga muqobil yaratish tashabbusi alohida qiziqish uyg‘otmoqda. “Ochig‘ini aytsak: BRIKS — jahon iqtisodiyotining kelajagidir,” — deya ta’kidladi deputat.
Blaganing bayonotlari Yevropa siyosatchilarining jahon maydonidagi o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilayotgan ittifoqqa bo‘lgan e’tibori tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.