Fitch Ratings Toshkentga ijobiy prognoz bilan BB- kredit reytingini berdi
29 апрель

Fitch Ratings Toshkentga ijobiy prognoz bilan BB- kredit reytingini berdi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekiston poytaxti Toshkentga "barqaror" istiqbol bilan "BB-" darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini berdi. Bu hamkorlik qayta yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng Fitch Ratings tomonidan shaharga berilgan ilk mustaqil reyting bo‘ldi.

Agentlik mutaxassislari Toshkentning kuchli moliyaviy holatini, O‘zbekiston makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining barqarorligini, shahar qarzining boshqariladigan darajasini va daromadlarning ishonchli o‘sishini ta’kidlab o‘tdilar. Bu omillar shahar boshqaruvining moliyaviy intizomi va samaradorligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Berilgan reyting Toshkentni Turkiyaning Istanbul va Anqara, Iordaniyaning Ammon va Armanistonning Yerevan kabi yirik shaharlari bilan bir qatorga qo‘ydi, chunki ular ham "BB-" reytingiga ega. E’tiborli jihati shundaki, Toshkent Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ushbu darajadagi tasdiqlangan xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi.

"BB-" reytingini olish Toshkent uchun ham ichki, ham tashqi sarmoyalarni jalb qilishda yangi imkoniyatlar ochadi. Bu poytaxtda keng ko‘lamli infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, shahar muhiti va fuqarolar turmush sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish imkonini beradi. Kredit reytingining ko‘tarilishi Toshkentning xalqaro maydondagi investitsion jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.