Hokimiyat har qanday yo‘l bilan yoki «Buyuk Oy mistifikatsiyasi»
26 декабрь

Hokimiyat har qanday yo‘l bilan yoki «Buyuk Oy mistifikatsiyasi»

«Buyuk Oy mistifikatsiyasi» — 1835-yil 25-avgust kuni The Sun gazetasida e’lon qilingan, Oyda kashf qilingan go‘yoki tsivilizatsiya haqidagi oltita maqola seriyasidir.

The Sun gazetasining tirajlari keskin o‘sib, avvalgi ko‘rsatkichlardan yuqori darajada saqlanib qolgan, bu esa nashrni eng muvaffaqiyatli va daromadli gazetalar qatoriga olib chiqqan edi. Birinchi maqoladan uch hafta o‘tib, gazeta bosh muharriri «Oyda hayot yo‘q» deb e’lon qildi.

Biroq, «Buyuk Oy mistifikatsiyasi» allaqachon ommaviy axborot vositalari tarixiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan edi, chunki u ommani qanday osonlik bilan boshqarish mumkinligini aniq ko‘rsatib berdi.