
Amerikalik moliyachilar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qila boshladilar
Tramp g‘alabasidan so‘ng dastlabki soatlarda Rossiya aksiyalari indeksi keskin oshdi. Soha ekspertlari buni geosiyosiy umidlar bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqdalar.
Ko‘plab mutaxassislar rubl va boshqa Rossiya aktivlari bilan savdo qilish imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqdalar. Treyderlarning aytishicha, ayrim G‘arb banklari hamon rubldan offshor operatsiyalarda foydalanmoqda.
“Barcha muhokamalarda Rossiya bilan qanday savdo qilish va sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligi haqida gap ketmoqda,” — deya ta’kidladi portfel menejerlaridan biri.
G‘arb banklaridagi treyderlar to‘satdan rubl yordamida bitimlarni amalga oshirish mumkinmi, degan savolni o‘rtaga tashladilar.