
Karolayn Livitt Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallashi mumkin
Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi matbuot kotibi, 27 yoshli Karolayn Livitt, Trampning Oq uyga qaytishi ehtimoli haqidagi muhokamalar doirasida asosiy shaxslardan biriga aylandi. Mish-mishlarga ko‘ra, agar Tramp yana prezident bo‘lsa, Livitt Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallashi mumkin.
Livitt o‘zini kampaniyaning tajribali vakili sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. U yetakchi ommaviy axborot vositalari jurnalistlari bilan ishonchli muloqot o‘rnatib, Trampning nuqtai nazarini faol himoya qildi. Fox News’ga bergan intervyusida u Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni darhol hal qilish niyatida ekanligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tinchlikka erishish uchun “birinchi kunning o‘zidayoq” tomonlarni muzokaralar stoliga yig‘ishni rejalashtirmoqda. Bu uning saylanganidan keyin yoki lavozimga kirishganidan keyingi birinchi kun bo‘ladimi, degan savol ochiq qolmoqda.