Olimlar tasdiqladi: kuniga uch finjon qahva umrni uzaytiradi
12 декабрь

Olimlar tasdiqladi: kuniga uch finjon qahva umrni uzaytiradi

Portugaliyalik olimlarning eng katta tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, qahvani muntazam ravishda iste’mol qilish inson umrini deyarli ikki yilga uzaytirishi mumkin. Yuz minglab odamlarning ma’lumotlari va 85 ta ilmiy ishga asoslangan tahlil natijalariga ko‘ra, bu ichimlikning kuniga uch finjon iste’moli umr davomiyligini 1,84 yilga uzaytirish bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Qahva nafaqat umrni uzaytiradi, balki salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U aqliy qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, shuningdek, mushak va immunitet faolligini saqlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, qahva iste’moli insult, qandli diabet, depressiya, demensiya va hatto ba’zi turdagi saratonlarning xavfini kamaytirishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, ertalabki bir finjon qahva — bu shunchaki odat emas, balki salomatlik va uzoq umr ko‘rishga qo‘shilgan hissadir.