
Niderlandiyada tirik qisqichbaqa va omarlarni qaynatishni taqiqlash taklif etildi
Niderlandiya parlamentining quyi palatasi a’zolari omar va qisqichbaqalarni tiriklayin pishirishni darhol taqiqlashga chaqirdilar va bu pishirish usulini “asossiz shafqatsizlik” deb baholadilar. “Hayvonlarni himoya qilish partiyasi” va “Erkinlik partiyasi” tashabbus ko‘rsatib, qisqichbaqasimonlar behuda azob chekayotganini va ularga bunday munosabatda bo‘lishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladilar.
Hozirgi kunda Niderlandiyada ushbu hayvonlarni oshpazlik maqsadlari uchun insoniylik bilan o‘ldirish usullarini tartibga soluvchi qonunlar mavjud emas. Restoranlarda taom yanada yangi va mazali bo‘lishiga ishonch tufayli tirik omarlar va qisqichbaqalarni pishirish amaliyoti davom etmoqda.
Shveysariya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada bunday taqiqlar allaqachon joriy etilgan bo‘lib, bu yerlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar qisqichbaqasimonlar og‘riq va azob-uqubatni his qilish qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqlagan.