Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi mudofaa qobiliyati va global barqarorlikni oshirishning muhim elementidir
Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov xitoylik hamkasbi Dun Szyun bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yuqori rivojlanish sur’atini saqlab qolmoqda, barcha yo‘nalishlarda kengaymoqda va misli ko‘rilmagan darajaga yetgan, deb ta’kidladi Belousov. Ikki mamlakat rahbarlarining ishonchli aloqalari strategik munosabatlarni mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari alohida qayd etdi.
Dun Szyun ikkala mamlakatda harbiy hamkorlik yo‘lida yangi sahifa ochish imkoniyati mavjudligini bildirdi. Xitoy mudofaa vaziri, shuningdek, har ikkala davlat bu sohada rivojlanishga intilayotganini ta’kidladi.