Xitoyda AstraZeneca mahalliy filiali rahbari qamoqqa olindi
4 январь

Xitoyda AstraZeneca mahalliy filiali rahbari qamoqqa olindi

Xitoy hukumati COVID-19ga qarshi vaksinasi bilan tanilgan AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasining Xitoy filiali boshlig‘i Leon Vanni hibsga oldi. Van, shuningdek, xalqaro bozorlarga mas’ul bo‘lgan kompaniya vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u AstraZeneca kompaniyasining 7-8 nafar xodimi bilan birga materik Xitoy hududiga ruxsat etilmagan dori vositalarini olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Aytilishicha, ushbu dori vositalari mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan qonuniy vositalar sifatida taqdim etilgan.

Tergov davom etmoqda va hozircha ish tafsilotlari cheklangan. AstraZeneca vakillari hozircha Xitoy rasmiylarining keyingi harakatlarini kutib, izoh berishdan o‘zlarini tiymoqdalar.