![Tojikiston Prezidenti yangi tayinlangan kadrlar bilan uchrashuv o‘tkazdi](/netcat_files/generated/17/27/1000x500/2967/cf10b2b8ca679d5ef79776490c2a18f3.jpg?crop=0%3A0%3A0%3A0&hash=240a529b6b2cb45213eeb061393802ed&resize_mode=1&wm_m=0&v=20250104153050)
Tojikiston Prezidenti yangi tayinlangan kadrlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
4-yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati ma’muriyati va Tashqi ishlar vazirligidagi yangi lavozimga tayinlangan xodimlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda So‘g‘d viloyati rahbarining yangi o‘rinbosarlari — Qosimiy Fayzullo, Jamshed Jo‘razoda va Zufar Ismoilzoda qatnashdi. Ularning sabdoshlari Mirdado Zarif va Davron Zohidzoda boshqa ishga o‘tgani sababli lavozimlaridan ozod etilgan.
Shuningdek, So‘g‘d viloyatining Konibodom, Bo‘ston, Guliston, Shahriston, Ayni va Zafarobod shaharlari hamda tumanlarining yangi raislari ham taqdim etildi.
Uchrashuvda Tojikistonning Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Imomi Sodiq Ashurboyzoda ham ishtirok etdi.
Prezident Rahmon yangi tayinlangan kadrlarga Tojikiston davlati va xalqiga xizmat qilish, milliy manfaatlarni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, shuningdek yo‘llar, tibbiyot va ta’lim muassasalari kabi infratuzilmani modernizatsiya qilish borasida ko‘rsatmalar berdi.