Yangiliklar
10 июнь
Mirziyoyev AQSH delegatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilishi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibiga AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, AQShning yirik kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari, jumladan, Boeing, FLS, Visa, NASDAQ, Air Products, Franklin Templeton, Morgan Stanley, Coca-Cola va boshqa kompaniyalar vakillari kirdi.