O‘zbekistonda geologiya muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Geologiya fanlari universitetida “O‘zbekistonning barqaror rivojlanishida geologik muammolar uchun fundamental, amaliy va innovatsion yechimlar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Italiya, Fransiya va Tojikistondan yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Konferensiyada geologiya va geofizika sohasidagi muhim masalalar, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan oltita asosiy sessiya o‘tkazildi.
Ishtirokchilar ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, geologiya sohasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq qadamlarni taklif etdilar. Respublika uchun barqaror rivojlanish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan fikrlar bildirildi.
Bugungi kunda konferensiya ishtirokchilari uchun Toshkent viloyatidagi geologik obyektlarga ekskursiya rejalashtirilgan bo‘lib, ular tadqiqot natijalarini amalda ko‘rish va yangi innovatsiyalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.