O‘zbekistonda pedagoglarni qayta tayyorlash uchun qo‘shma xalqaro kurslar tashkil etiladi
14 декабрь

O‘zbekistonda pedagoglarni qayta tayyorlash uchun qo‘shma xalqaro kurslar tashkil etiladi

10 dan ortiq xalqaro hamkor tashkilotlar mutaxassislari ishtirokidagi onlayn muhokamalarda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Oliy ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, shuningdek, hududiy va tarmoq markazlari vakillari ishtirok etdi.

Institut direktori Uzoqboy Begimqulov ishtirokchilarga tayyorlangan takliflarni taqdim etdi. Xorijiy mutaxassislar uzluksiz kasbiy rivojlanishning ahamiyatini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirdilar. O‘quv kurslarini dolzarb ehtiyojlarga moslashtirishning zarurligi hamda pedagog va rahbarlar malakasini muntazam oshirib borish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar natijasida kelajak rejalarini ishlab chiqish, jumladan, xalqaro hamkor tashkilotlar bilan qo‘shma o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun