
O‘zbekistonda yangi Cyber University rektori tayinlandi
Yaqinda tashkil etilgan Cyber University rektorligiga Shuhrat Qayumov tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bu haqda tegishli qaror qabul qildi.
Qayumov Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ta’lim olgan, shuningdek, Yaponiya va Germaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirgan.
Cyber University 2025-yil 20-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori asosida ta’sis etilgan. Universitet axborot va kiberhavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, robototexnika, hamda sun’iy intellektga asoslangan tizimlarni ishlab chiqish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.