
Toshkent Inha universitetiga yangi rektor tayinlandi
Bobur Abdullayev Toshkentdagi Inha universiteti rektori etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Yangi lavozimga tayinlanishidan oldin Abdullayev 2019 yildan beri Toshkentdagi Amiti universitetini vaqtincha direktor sifatida boshqarib kelgan edi. U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Koreya Respublikasi davlat xizmatchilarini o‘qitish markazi institutini tamomlagan. Turli davrlarda “O‘zbektelekom” kompaniyasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hamda “UZINFOCOM” yagona integratorida faoliyat yuritgan.