Geologiya vazirligi delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi
O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomov boshchiligidagi ishchi guruh Xitoyning Shiczjachjuan shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston tog‘-kon sanoati ehtiyojlari uchun burg‘ulash uskunalarini yetkazib berish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, delegatsiya CNNC Airborne Survey and Remote Sensing Center ilmiy markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Hebei Ruishi Bits Manufacturing Co. Ltd. rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu tog‘-kon sohasida xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘ldi.