
GSMA Toshkentda startaplar uchun taqdimot sessiyasini o‘z ichiga olgan "M360 Eurasia" forumini o‘tkazadi
"M360 Eurasia" forumi va unga bag‘ishlangan startap-loyihalar uchun pitch sessiyasi (Startup Pitch) birinchi marta 21-22-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tadbir GSM (GSMA) Butunjahon assotsiatsiyasi tomonidan mobil aloqa sohasidagi mintaqaviy tashabbuslar va loyihalarni muhokama qilish uchun o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) qoshidagi "Startup Base" platformasi.
Forumning asosiy mavzulari sun’iy intellekt, raqamlashtirish va aloqa sohasini o‘zgartirish bo‘ladi.
IT-Parkning aniqlik kiritishicha, Startup Pitch’da minimal hayotiy mahsulot (MVP), ishchi prototip yoki undan keyingi bosqichdagi loyihalar ishtirok etishi mumkin. Loyihalar mavzulari sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish, fintech, ta’lim texnologiyalari (EdTech), o‘rnatiladigan texnologiyalar, shuningdek, mobil platformalar sohalariga mos kelishi kerak. Har bir startapdan kamida ikki vakil (asoschi va hammuassis) ishtirok etishi talab etiladi.
Loyihalar taqdimoti ingliz tilida bo‘lib o‘tadi, bunda slaydlar pitch-sessiya boshlanishidan oldin tashkilotchilarga PDF yoki PPT formatida yuborilishi kerak.