Rossiya olimlari onkovaksinani ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishdi
3 декабрь

Rossiya olimlari onkovaksinani ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishdi

Rossiyada onkovaksinaning klinik oldi sinovlari natijalarining ajoyib ekanligini ma’lum qilishmoqda. Ushbu vaksina nafaqat o‘smalar o‘sishini sekinlashtirishi, balki organizmni metastazlardan butunlay xalos qilish imkoniyatini ko‘rsatmoqda.

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning aytishicha, tadqiqotlar davomida hayvonlardagi melanoma so‘rilib ketgan, metastazlar esa butunlay yo‘q bo‘lgan. Shuningdek, u vaksina sinovlarini saraton kasalliklarining keng doirasiga kengaytirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi: “To‘rtinchi bosqichdagi bemorlarimiz ham bo‘lishini istisno etmayman”.

Ilgari Federal tibbiy-biologik agentlik rahbari Veronika Skvorsova onkovaksinani kelgusi yilda bemorlarni davolashda qo‘llash rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, ichak adenokarsinomasi bo‘lgan hayvonlarda nafaqat o‘smalarning o‘sishi sekinlashgani, balki ularning hajmi 75-80% ga qisqargani kuzatilgan.

Ammo, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, vaksinaning klinik tadqiqotlari hali yakunlanmagan. Bu uning tibbiyot amaliyotida rasmiy qo‘llanilish muddatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanib, klinik bosqichga o‘tsa, Rossiyaning onkovaksinasi saraton kasalligiga qarshi kurashda haqiqiy yutuq bo‘ladi.