
Sun’iy intellekt tarixga kirib kelmoqda: Toshkentda munozara o‘tkazildi
Toshkentdagi Rus madaniyat markazida o‘qituvchilar va talabalar uchun tarix va tarixiy ma’rifatga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar “Rossiya tarixiy elchixonasi” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Ishtirokchilar — Rossiya va O‘zbekistonlik pedagog-o‘qituvchilar — o‘quvchilarni tarixni o‘rganishga jalb qilish usullarini, jumladan, o‘yinlashtirish va tarixiy ashyolar bilan tanishish kabi tadbirlarni muhokama qildilar. Sun’iy intellektni (SI) ta’lim sohasida qo‘llash masalasi asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Munozarada ishtirok etgan kimyo fanlari nomzodi, DonorSearch nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Ruslan Shekurov boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda pedagogika va tarix fanining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, zamonaviy sharoitda o‘qituvchining o‘rni haqida fikr almashdi.
MA’LUMOT. “Rossiya tarixiy elchixonasi” loyihasi “Yevrosiyo” nodavlat notijorat tashkiloti ko‘magida amalga oshirilmoqda, Qozon federal universiteti va Rossotrudnichestvo hamkorlar sifatida ishtirok etmoqda.