O‘zbekiston va Rossiya Amir Temurning Oltin O‘rdaga yurishini birgalikda o‘rganadi
14 май

O‘zbekiston va Rossiya Amir Temurning Oltin O‘rdaga yurishini birgalikda o‘rganadi

Korolyov nomidagi Samara universiteti va Samarqand davlat universiteti negizida Amir Temurning Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi harbiy yurishini o‘rganish bo‘yicha xalqaro Rossiya-O‘zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etiladi.

Ekspeditsiya 1391 yilgi yurish izlarini uning butun yo‘nalishi bo‘ylab qidirish, jumladan, landshaftni o‘rganish, daryolardan o‘tish joylarini tekshirish, mudofaa inshootlari qoldiqlari va askarlar qabrlarini qidirish bilan shug‘ullanadi.

Ekspeditsiya tarkibiga Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tatariston va boshqa hududlardan olimlar kiradi.

Loyiha ilmiy rahbari Sergey Zubovning so‘zlariga ko‘ra, yashirin arxeologik yodgorliklarni aniqlash uchun lazer va giperspektral skanerlashning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.