IIV va Inha AKT va axborot xavfsizligi sohasida qo‘shma loyihalar to‘g‘risida kelishib oldilar
18 июнь

IIV va Inha AKT va axborot xavfsizligi sohasida qo‘shma loyihalar to‘g‘risida kelishib oldilar

O‘zbekistonda IIVning "Xavfsiz shahar" tizimlarini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatda axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, IIV faoliyatini raqamlashtirish uchun "raqamli jamoa" yaratish, o‘qitish metodikalari va mobil ilovalarni ishlab chiqish, jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun intellektual yechimlar sohasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda tomonlar AKTning jadal rivojlanishi sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash va kibertahdidlarning oldini olish ustuvor vazifalarga aylanib borayotganini ta’kidladilar.

Hamkorlik kadrlar salohiyatini mustahkamlash, innovatsiyalarni joriy etish va fuqarolar xavfsizligi yo‘lida raqamli yechimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.