Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta'lim forumi boshlandi
25 сентябрь

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta'lim forumi boshlandi

Forum uchun maydon Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetida tashkil etildi. Mehmonlar universitetning axborot-resurs markazi, kimyo laboratoriyalari va sport majmuasining faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo’lishdi.

Ilmiy tadqiqotlar va universitetning maxsus laboratoriyasi hamda texnoparkida rivojlanayotgan startaplarga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar quyosh energiyasidan foydalanish va energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan loyihalarga qiziqish bildirishdi, universitetning spin-off kompaniyalari va xalqaro loyihalari bilan tanishishdi. Ekskursiyadan so‘ng O‘zbekiston va Italiya universitetlari vakillari ramziy tadbirda ishtirok etishdi — ular universitet bog‘ida daraxtlar ekishdi.

Italiya ta’lim, universitetlar va ilmiy tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini forumda ishtirok etayotganidan xursandligini bildirar ekan, ushbu tadbir ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, forum O‘zbekiston va Italiya universitetlari o‘rtasida yangi loyihalar va kelishuvlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi, bu esa akademik aloqalarni mustahkamlaydi va yangi qo‘shma innovatsiyalarga yo‘l ochadi. Bernini, shuningdek, forumni tashkil etishga hissa qo‘shganlarning barchasiga minnatdorlik bildirib, ishtirokchilarga uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi bo‘lgan samarali ish tiladi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun