O‘zbekistonlik matematiklar Turkmanistonda medallar bilan taqdirlandi
22 апрель

O‘zbekistonlik matematiklar Turkmanistonda medallar bilan taqdirlandi

Samarqand davlat universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining 4 nafar talabasi 13-18-aprel kunlari Ashxobod shahrida matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq xalqaro ("OMOUS-2025) olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yakka tartibdagi musobaqalarda dunyoning turli mamlakatlaridan 600 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Erali Boyqobilov kumush, E’zoza Ilhomova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Samarqandlik talabalar jamoaviy hisobda ham muvaffaqiyat qozonishdi.

"Bunday xalqaro musobaqalar nafaqat individual professional darajani oshirishga, balki o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy g‘alabaga intilish muhitini rivojlantirishga yordam beradi," dedi Erali Boyqobilov.  Bu natijaga bizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ustozlarimiz va institut rahbariyatining tinimsiz mehnati tufayli erishdik.

Olimpiadada ishtirok etish va qo‘lga kiritilgan medallar O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti talabalarining yuqori darajadagi matematik tayyorgarligi va ularning yangi yutuqlarga intilishidan dalolat berdi.